img

11 +

yillik mutaxassislar

svg
innovanetworks.uz

Rakhim Rakhmatov

INNOVA NETWORKS kompaniyasining asoschisi va bosh direktori. 1991-yilda tug‘ilgan. 2015-yilda u INNOVA NETWORKS kompaniyasini tashkil etdi — bugungi kunda IT-xizmatlar bozorida mustahkam o‘rin egallagan kompaniya. Uning rahbarligida kompaniya jadal rivojlanib, mijozlarga DevOps, tizim va tarmoq ma’muriyati, IP-videokuzatuv hamda raqamli marketing kabi sohalarda zamonaviy, ishonchli va samarali yechimlar taqdim etmoqda.

shape
shape
Object
innovanetworks.uz

Bizning xizmatlar

INNOVA NETWORKS kompaniyasi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va sifatga sadoqat tufayli tezkor rivojlanishni namoyish etmoqda.

Biz standartlarga shunchaki amal qilmaymiz — ularni yaratamiz. Bizning jamoamiz xizmat ko‘rsatish jarayonlarini doimiy takomillashtirib boradi, shunda taqdim etilayotgan har bir xizmat mijozning kutganidan ancha yuqori darajada bo‘ladi.

Korporativ Tarmoq Infratuzilmasi (Network Architecture)

    • SKS (Strukturaviy kabel tizimlari): Kabel yotqizish san’ati. Hech qanday chalkashliklarsiz, xalqaro ISO standartlariga javob beradigan va kelajakda oson kengaytiriladigan tarmoq montaji.

    • Sanoat darajasidagi tarmoq uskunalarini sozlash: MikroTik, Cisco, Ubiquiti kabi professional uskunalarda yuklamani to’g’ri taqsimlash (Load Balancing) va uzluksizlikni ta’minlash.

    • “Seamless” (Uzluksiz) Wi-Fi tarmog’i: Katta omborlar va ko’p qavatli ofislarda xodimlar harakatlanganda ham aloqa uzilmaydigan, mehmonlar va biznes jarayonlari uchun bir-biridan izolyatsiya qilingan xavfsiz Wi-Fi tizimlarini qurish.

    • Filiallarni yagona yopiq tarmoqqa birlashtirish: Turli shahardagi ofis va omborlarni uchinchi shaxslar aralasha olmaydigan shifrlangan, o’ta xavfsiz kanallar orqali bitta markaziy tarmoqqa bog’lash.

    • Serverlarni yig’ish va Klasterlash: Mahalliy (Local) yoki Bulutli (Cloud) serverlarni aniq hisob-kitob asosida, ortiqcha xarajatlarsiz biznesingiz talablariga moslab o’rnatish.

    • Virtualizatsiya (Proxmox / VMware): Bitta qimmat serverning o’zidan bir nechta mustaqil virtual serverlar yaratish orqali texnikangiz potensialini 100% ishga solish va apparat xarajatlarini tejash.

    • Domain Controller (Active Directory): Tizimdagi tartibsizlikni yo’q qilamiz. Ofisdagi barcha kompyuterlar, ruxsatlar va xavfsizlik qoidalarini bitta markazdan (Group Policy) qat’iy boshqarish.

    • Avtomatlashtirilgan Zaxiralash (Backup Strategy): Oltin qoida asosida zaxira nusxalarini shakllantirish. Agar asosiy serveringiz yonsa yoki ishdan chiqsa ham, biznesingiz eng qisqa vaqtda qayerda to’xtagan bo’lsa, o’sha yerdan ishni davom ettiradi.

    • Hardware Firewall va IDS/IPS: Tashqi kiberhujumlar va ma’lumotlarni shifrlab pul talab qiluvchi (Ransomware) viruslarni tarmoq ostonasidayoq yo’q qilish.

    • Chuqur tarmoq auditi (Nmap va Vulnerability Scanners): Xakerlar zaif nuqtalaringizni topmasidan oldin, biz ularni maxsus dasturlar yordamida skanerlaymiz va xavfsizlik “teshiklari”ni butunlay yopamiz.

    • DLP (Data Loss Prevention): Kompaniya maxfiy ma’lumotlari, mijozlar bazasi va moliyaviy hisobotlarni xodimlar tomonidan ruxsatsiz fleshkaga olinishi yoki tashqariga uzatilishining texnik oldini olish.

  • IP-ATS (Asterisk, 3CX): Mijozlar oqimi qanchalik ko’p bo’lmasin, barcha qo’ng’iroqlarni ushlab qoluvchi ko’p kanalli telefon stansiyalarini sozlash (IVR ovozli menyulari bilan).

  • CRM Integratsiya (AmoCRM, Bitrix24): Qo’ng’iroq bo’lishi bilan menejer ekranida mijoz kartochkasi ochilishi, barcha suhbatlar avtomatik yozib olinishi va bazaga tushishini ta’minlash. Filiallar o’rtasida mutlaqo bepul ichki aloqa tizimini joriy etish.

  • Aqlli Video Kuzatuv: Oddiy “kamera qo’yish” emas, balki serverda uzoq muddat saqlanadigan, ko’r hududlarsiz (blind spots) va masofadan yuqori tezlikda kuzatish imkonini beruvchi IP-kamera tarmoqlarini qurish.

  • Biometriya va FaceID (SKUD): Binoga kirishni nazorat qilish va tizimni to’g’ridan-to’g’ri HR/Buxgalteriya dasturlariga (ish vaqtini avtomatik hisoblash uchun) integratsiya qilib berish.

    • HelpDesk va qat’iy SLA: Har qanday IT-muammo (printerni ulashdan tortib dasturiy nosozlikkacha) maxsus chipta (ticket) tizimi orqali masofadan yoki joyiga chiqib kafolatlangan vaqt ichida hal qilinadi.

    • 24/7 Monitoring (Zabbix/Grafana): Biz serverlar, disklar xotirasi va internet holatini tunu kun kuzatamiz. Muammo mijozingizga yoki xodimingizga ta’sir qilishidan oldin, uni o’zimiz sezamiz va bartaraf etamiz.

IT-Audit va Xarajatlarni Optimallashtirish

"Kompaniyangizning joriy IT infratuzilmasini chuqur texnik auditdan o'tkazib, yashirin xavf va zaifliklarni aniqlaymiz. Keraksiz xarajatlarni qisqartirish, to'liq "Tarmoq Pasporti"ni shakllantirish va biznesingiz uchun eng tejamkor IT-strategiyani ishlab chiqish bo'yicha amaliy yechimlar beramiz."

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Biz so‘zda emas amalda ko‘rsatamiz!

  • "Murakkab IT-infratuzilma va server xonalari qanday quriladi? Bajarilgan yirik loyihalarimiz, real keyslar va ish jarayonlari bilan rasmiy Instagram sahifamizda tanishing."
shape shape
innovnetworks.uz

Bizning mutaxassislarimiz

Bizning ilg‘or IT yechimlarimiz

xizmatlarimiz bilan biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing.

Object
Object