FAQ
Nega shtatdagi bitta IT-mutaxassis o'rniga "Innova Networks"ni tanlashim kerak?
Shtatdagi xodim kasal bo’lishi, ta’tilga chiqishi yoki murakkab muammoga tajribasi yetmay qolishi mumkin. Biz bilan shartnoma tuzganingizda, bitta xodimning maoshidan arzonroq narxga butun boshli professional muhandislar jamoasini (tarmoq, server va kiberxavfsizlik bo’yicha) yollaysiz. Biznesingiz 24/7 uzluksiz nazoratda bo’ladi.
Tizimda nosozlik yuz bersa, muammo qancha vaqtda hal qilinadi?
Biz qat’iy SLA (Service Level Agreement) shartnomasi asosida ishlaymiz. Dasturiy nosozliklarning 90% qismi xavfsiz masofaviy aloqa (HelpDesk) orqali 10-15 daqiqa ichida hal qilinadi. Jismoniy aralashuv talab etilsa, muhandislarimiz 1-2 soat ichida yetib boradi. 24/7 monitoring orqali ko’p xavflarni siz sezishingizdan oldin bartaraf etamiz.
Sizlar faqat kompyuter tuzatasizlarmi yoki noldan tarmoq qurasizlarmi?
Biz — kompleks IT-Arxitektorlarmiz. Xizmatlarimiz bitta kompyuterni sozlashdan boshlab, yirik logistika markazlari, ofislar va klinikalar uchun yuzlab kilometr kabellar (SKS) tortish, server xonalarini yig’ish, IP-telefoniya va uzluksiz Wi-Fi tarmoqlarini “kalit ostida” qurib berishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Kompaniyamizning maxfiy ma'lumotlari xavfsizligiga qanday kafolat berasiz?
Xavfsizlik — bizning eng ustuvor vazifamiz. Biz tizimingizni tashqi xakerlik hujumlari va viruslarni tarmoq ostonasida bloklaydigan qilib quramiz. Barcha ma’lumotlaringiz qat’iy yuridik shartnoma (NDA – Maxfiylik kelishuvi) bilan himoyalanadi va har qanday favqulodda holat uchun avtomatik zaxira nusxalari (Backup) yaratiladi.
Filiallarimiz viloyatlarda ham bor. Ularga ham xizmat ko'rsatasizmi?
Albatta. Biz butun O’zbekiston bo’ylab yirik tarmoqlarga (masalan, AYoQShlar tarmog’i, supermarketlar, do’konlar) xizmat ko’rsatamiz. Barcha hududlardagi filiallaringizni bitta xavfsiz, yopiq korporativ tarmoqqa birlashtirib, markazdan boshqarish va nazorat qilish imkonini yaratib beramiz.
Xizmat narxlari qanday hisoblanadi? Standart tariflar bormi?
Bizda “havodan olingan” standart narxlar yo’q, chunki har bir biznesning IT-infratuzilmasi individualdir. Xizmat narxi ofisingizdagi kompyuterlar soni, serverlar murakkabligi va filiallar soniga qarab obektiv hisoblanadi. Aniq hisob-kitob qilish uchun obyektingizda bepul IT-Audit o’tkazamiz va ortiqcha xarajatlarsiz aniq tijorat taklifini beramiz.
Kuzatuv kameralari (CCTV) va FaceID (SKUD) tizimlarini ham o'rnatasizlarmi?
Ha, bu jismoniy xavfsizlik va korporativ intizomning ajralmas qismidir. Biz ko’r hududlarsiz (blind spots) professional IP-kameralar tarmog’ini quramiz, yozuvlarni serverda xavfsiz saqlashni sozlaymiz va xodimlar davomatini nazorat qilish uchun FaceID hamda turniketlarni HR-dasturlaringizga (1C/CRM) ulab beramiz.
Bizga kerakli IT uskunalarni o'zingiz xarid qilib bera olasizmi?
Albatta. Biz biznesingiz uchun eng to’g’ri va tejamkor texnikalarni (router, switch, server, kameralar) o’zimizning ishonchli hamkorlarimizdan topib, xarid qilib, obyektingizga yetkazib va o’rnatib berish xizmatini ham taqdim etamiz. Bu sizning qimmatli vaqtingizni va byudjetingizni tejaydi.