• Bizni kuzatib boring:

FAQ

Shtatdagi xodim kasal bo’lishi, ta’tilga chiqishi yoki murakkab muammoga tajribasi yetmay qolishi mumkin. Biz bilan shartnoma tuzganingizda, bitta xodimning maoshidan arzonroq narxga butun boshli professional muhandislar jamoasini (tarmoq, server va kiberxavfsizlik bo’yicha) yollaysiz. Biznesingiz 24/7 uzluksiz nazoratda bo’ladi.

Biz qat’iy SLA (Service Level Agreement) shartnomasi asosida ishlaymiz. Dasturiy nosozliklarning 90% qismi xavfsiz masofaviy aloqa (HelpDesk) orqali 10-15 daqiqa ichida hal qilinadi. Jismoniy aralashuv talab etilsa, muhandislarimiz 1-2 soat ichida yetib boradi. 24/7 monitoring orqali ko’p xavflarni siz sezishingizdan oldin bartaraf etamiz.

Biz — kompleks IT-Arxitektorlarmiz. Xizmatlarimiz bitta kompyuterni sozlashdan boshlab, yirik logistika markazlari, ofislar va klinikalar uchun yuzlab kilometr kabellar (SKS) tortish, server xonalarini yig’ish, IP-telefoniya va uzluksiz Wi-Fi tarmoqlarini “kalit ostida” qurib berishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Xavfsizlik — bizning eng ustuvor vazifamiz. Biz tizimingizni tashqi xakerlik hujumlari va viruslarni tarmoq ostonasida bloklaydigan qilib quramiz. Barcha ma’lumotlaringiz qat’iy yuridik shartnoma (NDA – Maxfiylik kelishuvi) bilan himoyalanadi va har qanday favqulodda holat uchun avtomatik zaxira nusxalari (Backup) yaratiladi.

Albatta. Biz butun O’zbekiston bo’ylab yirik tarmoqlarga (masalan, AYoQShlar tarmog’i, supermarketlar, do’konlar) xizmat ko’rsatamiz. Barcha hududlardagi filiallaringizni bitta xavfsiz, yopiq korporativ tarmoqqa  birlashtirib, markazdan boshqarish va nazorat qilish imkonini yaratib beramiz.

Bizda “havodan olingan” standart narxlar yo’q, chunki har bir biznesning IT-infratuzilmasi individualdir. Xizmat narxi ofisingizdagi kompyuterlar soni, serverlar murakkabligi va filiallar soniga qarab obektiv hisoblanadi. Aniq hisob-kitob qilish uchun obyektingizda bepul IT-Audit o’tkazamiz va ortiqcha xarajatlarsiz aniq tijorat taklifini beramiz.

Ha, bu jismoniy xavfsizlik va korporativ intizomning ajralmas qismidir. Biz ko’r hududlarsiz (blind spots) professional IP-kameralar tarmog’ini quramiz, yozuvlarni serverda xavfsiz saqlashni sozlaymiz va xodimlar davomatini nazorat qilish uchun FaceID hamda turniketlarni HR-dasturlaringizga (1C/CRM) ulab beramiz.

Albatta. Biz biznesingiz uchun eng to’g’ri va tejamkor texnikalarni (router, switch, server, kameralar) o’zimizning ishonchli hamkorlarimizdan topib, xarid qilib, obyektingizga yetkazib va o’rnatib berish xizmatini ham taqdim etamiz. Bu sizning qimmatli vaqtingizni va byudjetingizni tejaydi.